"Umid nihollari-2018"

Navqiron avlodning har tomonlama yetuk va barkamol bo‘lib voyaga yetishida jismoniy tarbiyaning o‘rni beqiyos. Shuning uchun ham mamlakatimizda yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun barcha sharoit yaratilmoqda.
Xususan, an’anaviy tarzda umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilib kelinayotgan yoshlik va sport bayrami – “Umid nihollari” musobaqalari yangi iste’dodlarni kashf etib, ularning yuksak parvozlarida qanot bo‘lmoqda. Sportning 21 turi bo‘yicha o‘tkazilgan bu yilgi bahslardaviloyat bo‘yicha 55 ming nafar o‘g‘il-qiz qamrab olindi.
– Ushbu sport bellashuvlarida boks bo‘yicha ishtirok etib, 2-darajali diplom bilan taqdirlandim, – deydi Karmana tumanidagi 3-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Diyorbek Amonov. – Musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rgan edim. Biroq, konimexlik raqibimning tajribasi yuqoriligi bois finalda imkoniyatni boy berdim. Men bundan aslo xafa emasman. Sport biz, yoshlarni do‘stlashtirdi, yanada birlashtirdi. O‘zimning kamchiliklarimni to‘g‘ri angladim. Maqsadim, yurtim sha’ni uchun ringga ko‘tarilib, o‘zbekning yengilmas o‘g‘loni ekanimni isbotlayman.
Do‘stlik bayramiga aylangan marosimda g‘olib jamoalar munosib taqdirlandi. Birinchi o‘rinni egallagan Navoiy shahri jamoasiga Prezident sovg‘asi – “Damas” avtomobili, kubok va diplom tantanali ravishda topshirildi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Zarafshon shahri hamda Xatirchi tumani jamoalari egalladi.
Taniqli san’atkorlarning kuy-qo‘shiqlari tadbirga o‘zgacha fayz ulashdi.шаблоны для dle 11.2
22 май 2018 /
Похожие новости

Huquq bilimdonlari aniqlandi

Joriy yilning 18-19-may kunlari poytaxtimizda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi “Huquq bilimdonlari” respublika tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazildi. Mazkur

Erkin Vohidov nomidagi maktab-internati tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 7-dekabrdagi “O'zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori asosida o‘zbek

"Al-Xorazmiy izdoshlari" tanlovi davom etmoqda

Umumta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika, fizika hamda informatika fanlari bo‘yicha “Al-Xorazmiy izdoshlari” nomli an’anaviy ko‘rik-tanlov o‘tkazilayotgani haqida xabar

Shaxmat chempionati bo'lib o'tdi

Toshkent shahridagi Shaxmat bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabida o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan shaxmat chempionati g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan

Chempionlar munosib kutib olindi

O‘zbekiston terma jamoasi Rossiya Federatsiyasida o‘tkazilgan mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasidagi xalqaro turnirda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi. Bugun Islom Karimov nomidagi
Комментарии

НАПИСАТЬ КОММЕНТАРИЙ