Erkin Vohidov nomidagi maktab-internati tashkil etiladi

 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 7-dekabrdagi “O'zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori asosida o‘zbek adabiyoti rivojiga ulkan hissa qo‘shgan adib ijodiy merosini o‘rganish va uni yoshlarga yetkazish yo‘lida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-maydagi qarori bilan Marg‘ilon shahrida Erkin Vohidov nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqur o‘qitishga hamda xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etildi.
Mazkur maktab-internatni tashkil etishdan asosiy maqsad O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov nomini abadiylashtirish, shoir izdoshlarini kashf etish va ularning o‘z iste’dodlarini keng namoyon qilishlari uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
Erkin Vohidov nomidagi maktab-internati 210 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, 2018-2019-o‘quv yilidan maktab-internatning 5-8-sinflariga, 2019-2020-o‘quv yilidan boshlab esa 5-sinfiga 30 nafardan o‘quvchi qabul qilinadi.
2018-2019-o‘quv yilidan boshlab maktab-internatga iqtidorli va iste’dodli o‘quvchilarni ijodiy tanlov asosida saralab olish maqsadida ona tili, adabiyot va chet tili fanlaridan test sinovi hamda psixologik-pedagogik diagnostika o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.
Hozirda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan hamkor vazirlik va idoralar bilan birgalikda yangi o‘quv yilidan boshlab maktab-internatga oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan iqtidorli pedagog-kadrlarni jalb qilish, muassasaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida uni yotoqxona, oshxona, kutubxona, faollar zali va o‘quv laboratoriya jihozlari hamda kompyuter texnikasi, o‘quv-metodik majmualar, o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalar va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.шаблоны для dle 11.2
22 май 2018 /
Похожие новости

Huquq bilimdonlari aniqlandi

Joriy yilning 18-19-may kunlari poytaxtimizda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi “Huquq bilimdonlari” respublika tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazildi. Mazkur

"Al-Xorazmiy izdoshlari" tanlovi davom etmoqda

Umumta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika, fizika hamda informatika fanlari bo‘yicha “Al-Xorazmiy izdoshlari” nomli an’anaviy ko‘rik-tanlov o‘tkazilayotgani haqida xabar

Shaxmat chempionati bo'lib o'tdi

Toshkent shahridagi Shaxmat bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabida o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan shaxmat chempionati g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan

Chempionlar munosib kutib olindi

O‘zbekiston terma jamoasi Rossiya Federatsiyasida o‘tkazilgan mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasidagi xalqaro turnirda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi. Bugun Islom Karimov nomidagi

"Umid nihollari-2018"

Navqiron avlodning har tomonlama yetuk va barkamol bo‘lib voyaga yetishida jismoniy tarbiyaning o‘rni beqiyos. Shuning uchun ham mamlakatimizda yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun
Комментарии

НАПИСАТЬ КОММЕНТАРИЙ