"Al-Xorazmiy izdoshlari" tanlovi davom etmoqda

Umumta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika, fizika hamda informatika fanlari bo‘yicha “Al-Xorazmiy izdoshlari” nomli an’anaviy ko‘rik-tanlov o‘tkazilayotgani haqida xabar bergan edik.
Uch bosqichli ushbu ko‘rik-tanlovga aprel oyida start berilib birinchi bosqichda 1259 nafar ishtirokchilar o‘z maktabida matematika, fizika hamda informatika fanlaridan onlayn usulda imtihon topshirishdi. Ulardan 346 nafari 80 balldan yuqori ball to‘plab tanlovning keyingi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi.
Joriy yilning 18-may kuni tanlovning ikkinchi (mintaqaviy) bosqichi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda uning Samarqand, Farg‘ona, Urganch, Qarshi va Nukus filiallarida bo‘lib o‘tmoqda.

Ikkinchi bosqichda ishtirokchilar uchala fanga doir jami 9 ta topshiriqni yechishi lozim bo‘ladi. 100 balldan 75 ball to‘plaganlar so‘nggi bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Eslatib o‘tamiz, “Al-Xorazmiy izdoshlari” tanlovi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori asosida Xalq ta’limi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirliklari hamkorligida joriy yilda ilk marotaba o‘tkazilmoqda.шаблоны для dle 11.2
22 май 2018 /
Похожие новости

Huquq bilimdonlari aniqlandi

Joriy yilning 18-19-may kunlari poytaxtimizda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi “Huquq bilimdonlari” respublika tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazildi. Mazkur

Erkin Vohidov nomidagi maktab-internati tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 7-dekabrdagi “O'zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori asosida o‘zbek

Shaxmat chempionati bo'lib o'tdi

Toshkent shahridagi Shaxmat bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabida o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan shaxmat chempionati g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan

Chempionlar munosib kutib olindi

O‘zbekiston terma jamoasi Rossiya Federatsiyasida o‘tkazilgan mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasidagi xalqaro turnirda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi. Bugun Islom Karimov nomidagi

"Umid nihollari-2018"

Navqiron avlodning har tomonlama yetuk va barkamol bo‘lib voyaga yetishida jismoniy tarbiyaning o‘rni beqiyos. Shuning uchun ham mamlakatimizda yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun
Комментарии

НАПИСАТЬ КОММЕНТАРИЙ